O‘zbekistonda kuzatilayotgan ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rishning pasayishi) tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta reysi belgilangan vaqtda havoga ko‘tarila olmadi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, London - Toshkent yo‘nalishidagi HY-202 reysi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘na olmadi, samolyot qo‘mondoni Navoiy shahridagi zaxira aeroportiga favqulodda qo‘nishga qaror qildi.
Shuningdek, Toshkent-Dehli yo‘nalishidagi HY-423 reys parvozi kechiktirilishi kutilmoqda - u ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar, soat 11:30ga qoldirildi.
Toshkent-Bangkok yo‘nalishidagi HY-533 reysining jo‘nashi ham noma’lum muddatga qoldirildi.
Bundan tashqari, Qarshi-Moskva yo‘nalishidagi HY-623 reysi parvozga ko‘tarilishiga ruxsat berilishini kutmoqda.
Shuningdek, Toshkent-Qarshi va Toshkent-Buxoro yo‘nalishlari bo‘yicha mos ravishda HY-77 hamda HY-23 reyslari ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi