Shayxontohur tumanidagi 254-maktabda sodir bo‘lgan holat bo‘yicha batafsil (video)

  • 07 dekabr 2019, 16:42
  • 2 038
  • Jamiyat
  • Shayxontohur tumanidagi 254-maktabda sodir bo‘lgan holat bo‘yicha batafsil (video)
    Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda uch nafar o‘quvchi tomonidan kaltaklanayotgan o‘quvchi videosi tarqalgan edi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat 2 dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi 254-umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida sodir bo‘lgan.

    Maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilari R.R., A.M., A.O., S.M. va A.K. sinfda o‘zaro joy talashib, bir-birini haqoratlagan. Tanaffus vaqtida maktab binosining 3-qavat koridorida uch nafar o‘quvchi R.R., A.O., A.M. o‘quvchi A.K.ni urgan. Mazkur holatni S.M. o‘quvchi R.R. bergan uyali telefon apparatiga videotasvirga olgan. Ushbu tasvirga olingan videoni R.R. ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

    Xabarda aytilishicha, Xalq ta’limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari aralashuvi bilan mazkur holatga Shayxontohur tuman IIO FMB inspektori jalb etildi. Maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida surishtiruv ishlari olib borildi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar R.R., A.O. va A.M. ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi tartibida chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

    Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi mazkur ishni o‘rganib chiqdi va 5 dekabr kuni yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan o‘quvchilarning ota-onalari N.R.Muxitbekova, R.K.Mirzayev, O.O.To‘rayev va F.M.Tursunovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga binoan jarima jazosi tayinlandi.

    Shu bilan birga, R.Muxitbekovani onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritiladi.
    Voyaga yetmagan o‘quvchi R.R. ni ixtisoslashgan maxsus muassasaga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlash ishlari boshlandi.

    Eslatib o‘tamiz, farzand tarbiyasiga birinchi o‘rinda ota-onalar mas’ul. Ota-onalardan farzandlarini atroflaridagi odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rgatishni so‘raymiz.

    Shu bilan birga, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

    Hujjat loyihasiga ko‘ra bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, xususan bolalarning majburiy ta’lim olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilganlik uchun jarima miqdorini oshirish taklif etilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shayxontohur tumanidagi 254-maktabda sodir bo‘lgan holat bo‘yicha batafsil (video)