14:40 / 09.12.2019
3 067

Oʻzbekiston fuqarolari uchun AQSH vizasini olish qiyinlashmoqda

Oʻzbekiston fuqarolari uchun AQSH vizasini olish qiyinlashmoqda
2019 moliya yilida AQSHda vaqtincha yashash vizasi uchun ariza yozgan Oʻzbekiston fuqarolarining 68 foiziga rad javobi berildi.
Bu – sobiq ittifoq respublikalari orasidagi eng yuqori manfiy koʻrsatkichdir.
Qoʻshni Afgʻoniston fuqarolari bilan ham deyarli shunday holat (68,42 foiz) kuzatilgan.

Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston fuqarolari uchun AQSH vizasini olish qiyinlashib bormoqda. 2018-yilda Qoʻshma Shtatlar hududida vaqtincha boʻlish huquqini beruvchi viza olmoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklarning 62 foizi rad javobini olgan edi.

Markaziy Osiyodan AQSHga noimmigratsiyaviy viza olish imkoniyati qozogʻistonliklarda eng yuqori – 2019 moliya yilida Qozogʻiston fuqarolarining 43 foiz arizasi qanoatlantirilmagan:

Qozogʻiston – 43 foiz
Turkmaniston – 56
Tojikiston – 61
Qirgʻiziston – 67,8
Oʻzbekiston – 68,1

Hisobot davrida sobiq sovet ittifoqi hududidan AQSHga vaqtincha borish uchun viza soʻroviga eng kam Rossiya, Litva va Latviya fuqarolari rad javobini olishgan:

1. Rossiya – 15 foiz
2. Litva – 18,67
3. Latviya – 18,98
...
13. Gruziya – 64
14. Qirgʻiziston – 67,8
15. Oʻzbekiston – 68,1

AQSH Davlat departamentining Konsullik masalalari byurosi saytida keltirilgan ushbu raqamlar B1/B2 vizasiga oid. Amerika vizasining bu turi tadbirkorlik (B1) yoki turizm va dam olish (B2) maqsadlarida vaqtincha Qoʻshma Shtatlar hududiga kirish imkonini beradi.

Vaqtinchalik viza olish soʻrovlarining rad etilishidagi 68 foizlik koʻrsatkich – Oʻzbekiston uchun soʻnggi oʻn yillikdagi eng yuqori manfiy natijadir. 2009-2017-yillarda bu raqam 57 foizdan oshmagan edi:

2009 – 41,1 foiz
2010 – 46,8
2011 – 50,2
2012 – 40,4
2013 – 44,3
2014 – 52,1
2015 – 49,59
2016 – 57,09
2017 – 50,29
2018 – 61,76
2019 – 68,06

Dunyo boʻylab har yili oʻrtacha 6 mln kishiga AQSHning B1/B2 vizasi beriladi.
2018 moliya yilida bu turdagi noimmigratsiyaviy vizani Oʻzbekistonning 7392 nafar fuqarosi olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston fuqarolari uchun AQSH vizasini olish qiyinlashmoqda