1 yanvardan hokimliklarning qator vakolatlari olinadi, 28 turdagi maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlandi

  • 10 dekabr 2019, 16:02
  • 2 005
  • Jamiyat
  • 1 yanvardan hokimliklarning qator vakolatlari olinadi, 28 turdagi maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlandi
    “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
    - hokimliklarning alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkaziladi;
    - hokimliklarning bir qator funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi;
    - davlat organlari va tashkilotlari jami 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan esa ularning berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
    - Prezident va Hukumat hujjatlari bilan tuzilgan (roʻyxati mazkur qarorda keltirilgan) idoralararo kollegial organlari tugatiladi.


    Jumladan, qarorga muvofiq turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish funksiyasi hokimliklardan tuman (shahar) qurilish boʻlimlariga oʻtkaziladi.
    Shuningdek, hokimliklarning bozor faoliyatini toʻxtatib turish boʻyicha qaror qabul qilish kabi vakolatlari bekor qilinadi.

    2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron koʻrinishda amalga oshiriladi.
    Maʼlumot oʻrnida, mazkur hujjat Adliya vazirligi takliflari asosida ishlab chiqilgan.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 1 yanvardan hokimliklarning qator vakolatlari olinadi, 28 turdagi maʼlumotnomalarni talab qilish taqiqlandi