12:16 / 11.12.2019
3 187

Buxoroda bir necha yil qamoq jazosini o‘tagan organ xodimi oqlandi

Buxoroda bir necha yil qamoq jazosini o‘tagan organ xodimi oqlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining 2014 yil 18 apreldagi hukmiga ko‘ra, Sh.Yaxyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan. Jinoyat kodeksining45-moddasini qo‘llab, 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash xuquqidan mahrum qilingan.

Sudning hukmiga ko‘ra, Sh.Yaxyoyev o‘z jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida, shu kuni Romitan tumani, Amir Temur ko‘chasida soat 14:00 larda I.Norovning tog‘asi A.Norov bilan uchrashib, unga Romitan tumani IIB xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda neft mahsuloti sotayotganda ushlangan jiyani I.Norovga yengilroq chora ko‘rilishida ko‘maklashish evaziga 3 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni pora tariqasida berishini talab qilib, uning bu borada 3.000 emas, balki 2.000 AQSh dollari berishi haqidagi roziligini olishga erishib, shu kuni soat 6:00larda Romitan tumani Amir Temur ko‘chasida fuqaro A.Norov vositachiligida 2.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 9-moddasida shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishi uchungina javobgar bo‘lishi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining mazkur jinoyat ishi yuritilgan vaqtda amalda bo‘lgan 1997 yil 2 maydagi “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandida sudlar hukm chiqarishda ish bo‘yicha haqiqiy holatni aniqlash to‘g‘risidagi jinoyat protsessining muhim tamoyillariga amal qilishga majburliklari, ushbu tamoyillarni buzishlik hukmni qonuniy emas, deb topishga asos bo‘lishi, 6-bandida qo‘yilgan ayblovda sudlanuvchining aybdorligi to‘g‘risidagi shubhani bartaraf qilishning imkoni yo‘qligi haqidagi sudning asoslantirilgan xulosasi oqlov hukmi chiqarish uchun asos bo‘lishi, 11-bandida jinoyatni Jinoyat kodeksining u yoki bu moddasi, uning qismi yoki bandi bilan tavsiflash bo‘yicha sudning asoslantirilgan xulosasi ayblov hukmining tavsif qismining muhim belgisi hisoblanishi, bunda aybdorning harakatlari nima uchun aynan shu modda, qism, band bilan tavsiflanayotganligi aniq ko‘rsatilishi kerakligi, sudlanuvchini jinoyatni baholovchi kategoriyalarga tegishli (masalan, jiddiy ziyon,og‘ir oqibatlar va b.q.) belgilarga qarab aybdor deb topganida, sud ushbu belgining jinoiy qilmishda bo‘lishligiga olib kelgan asoslarni ham keltirishi shartligi tushuntirilgan.

Biroq, birinchi instansiya sudi sudlanuvchiga nisbatan ayblov hukmi chiqarishda qayd etilgan Qonun talablari va Oliy sud Plenumining rahbariy tushuntirishlariga rioya qilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasiga muvofiq, qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmagan shaxs aybsiz deb topilishi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi kassatsiya sudlov hay’atining 2019 yil 7 noyabrdagi ajrimiga ko‘ra Sh.Yaxyoyevning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan tugatilib, Sh.Yahyoyev oqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda bir necha yil qamoq jazosini o‘tagan organ xodimi oqlandi