Amani: O‘zbekistonga 100 ta Eron firmasi kelishi rejalashtirilgan

  • 11 dekabr 2019, 20:30
  • 922
  • Jamiyat
  • Amani: O‘zbekistonga 100 ta Eron firmasi kelishi rejalashtirilgan
    Bugun Toshkentda Eron Islom Respublikasi ixtisoslashgan ko‘rgazma ochildi. Tadbirda Eron korxonalari va tadbirkorlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

    Eronlik ishbilarmonlardan biri - “Export development and technology transfer fund” bosh direktori Mehrdad Amani o‘z fikr va mulohazalarini quyidagicha izhor qildi.

    “Eronda ilm-fan juda rivojlangan. Eronlik tadbirkorlar bu yo‘nalishda O‘zbekistonda har tomonlama rivojlantirish tarafdori. Bu yerga kelgan kompaniyalar asosan kimyo, kon sanoat, hi-tech, qishloq xo‘jalik, IT sohalarda hamkorlik qilishga qiziqishi katta”, - deb ta’kidladi Amani.

    Eronlik tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Eron O‘zbekistondan loviya, bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib oladi. Fan-texnika sohalarini O‘zbekistonga eksport qiladi, “hi-tech” sohasida tajriba almashishga yordam beradi.

    “Innovatsiya vazirligi bilan shu sohada hamkorlik bayonnomasini imzolandi. O‘zbekistonga 100 ta Eron firmasini olib kelish rejalashtirilgan. "hi-tech", qishloq xo‘jaligi, biologiya, neft-gaz sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma korxonalar tuzish va kelajakda O‘zbekistonni shu narsalarni eksport qilishiga harakat qilamiz”, - deb qo‘shimcha qildi xorijlik tadbirkor.

    Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Furqat Rahimov ko‘rgazmaning ochilishi marosimida aytgan ma’lumotiga ko‘ra, Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi shu yilda 340 million dollarni tashkil etdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Amani: O‘zbekistonga 100 ta Eron firmasi kelishi rejalashtirilgan