Moskvada qizcha 88 ming dollar pullarni havoga uchirib yubordi

Moskva shahrining Meshchan rayonida yosh bir qizcha onasi bilan bahslashib qolib, ichida jami 88 ming dollar miqdoridagi 100 dollarlik qog‘oz pullar solingan sumkani derazadan havoga uchirib yubordi. Rossiyadagi turli telegram-kanallar, jumladan Mash, 112 va REN TV, shuningdek TASS manbalari yozishicha, qizcha onasi bilan urushayotganda hech qiyinchiliksiz pullarni havoga uchirib yuborishga qaror qilgan.
Pullar havoga sochilib ketganidan so‘ng, ko‘chadagi o‘smirlar ularning bir qismini terib olishgan. Telegram-kanallar versiyasiga ko‘ra, ular pullarning bir qismini o‘zlari uchun saqlab qolishgan, qolgan qismini esa gulxanda yoqishgan. Ayrim kupyuralar esa qushlar tomonidan ilib ketilgan. REN TV nashri yozadi: «Hozir tumshug‘ida kupyuralar bo‘lgan qarg‘alar hayratga tushgan o‘tkinchilar boshi uzra uchib yuribdi».
Mash maʼlumotlariga ko‘ra, o‘smirlar 83 ming dollarni o‘zlarida qoldirib, qolgan 5 ming dollarni yoqib yuborishgan. Keyin topilgan pullar haqida ular ota-onalariga xabar berishgan va kattalar uni egasiga qaytarishga qaror qilishgan. REN TV ham shuni tasdiqlab, eng ko‘p summani egasiga qaytarilganini yozadi.
TASS agentligi ham huquq-tartibot idoralari manbasiga tayanib, 83 ming dollar topilganini xabar qildi. Ammo agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, pullar egasiga faqat «barchasiga oydinlik kiritilganidan keyin» qaytadi. Shuningdek, TASS ham pullarning bir qismini o‘smirlar yoqib yuborganini qayd qilgan, ammo qushlar tomonidan ilib ketilgan kupyuralar haqida maʼlumot bermagan.
Bu voqea shahar aholisining eʼtiborini o‘ziga tortib, ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik bolaning harakatiga hayratda qoldi, ayrimlari esa bu holatni yumor bilan baholashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!