16:26 / 12.12.2019
3 315

Toshkentda Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi

Toshkentda Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

2020-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2020-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasiga koʻra, Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksionini barpo etish moʻljallangan.

Loyihani amalga oshirish 2020-yil oktyabriga rejalashtirilgan. Uni ishlab chiqish va amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxoʻjayev) va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga (A.Aqqulov), nazorat qilish Vazirlar Mahkamasiga (A.Ramatov) yuklatiladi.

Shuningdek, Toshkent shahrida butunjahonga mashhur boʻlgan “Intervilles” (Fransiya) kabi ekstremal shouning analogini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyihani amalga oshirish 2020-yil avgustiga rejalashtirilgan. Uni ishlab chiqish va amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (J.Ortiqxoʻjayev) va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga (A.Aqqulov), nazorat qilish Vazirlar Mahkamasiga (A.Ramatov) yuklatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi