Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Viloyat rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil shov-shuvlar, jamiyatda jurnalist va blogerlarning o‘rni haqida o‘z munosabatini bildirdi:
– Mamlakatning taraqqiyotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta. Shuning uchun ham bu kasb egalarini juda hurmat qilaman. Matbuot xolislik, haqqoniylik va to‘g‘rilikni talab qiladi. Bu mezonlarga amal qilgan jurnalistlarimiz turli uydirma va shov-shuvlarga uchmaydi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, hech qachon bir tomonlama manfaatlarni hisobga olmasligi kerak.
To‘g‘ri, ba’zi bir tanqidiy chiqishlar kimlargadir yoqmasligi aniq. Rahbarlar jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilishdan qochmasdan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vaqti keldi. Ko‘plab jurnalist va blogerlar chiqishlarini muntazam kuzatib boraman. Men birorta blogerga ustunlik bermoqchi emasman. Xushnudbek Xudoyberdiyevning ijtimoiy tarmoqdagi chiqishlarini hamisha qiziqib, kuzataman. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi