Foto: Xalqaro press-klub
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«Kelajak avlodlar manfaati uchun barqaror rivojlanish: iqtisodiy ustuvorliklar» mavzusidagi tadbirda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, davlat korxonalari samaradorligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rahbari Otabek Nazirovning aytishicha, kapital bozorida yechim topilishi zarur bo‘lgan muammolar yetarlicha.
«Kapital bozorida muammolar juda ko‘p, ularga yechim topish kerak. Odamlarda aksiyalarga ishonch yo‘q, bu bor narsa. Bundan oldin ushbu holat bo‘yicha ham qator vaziyatlar kuzatilgan.
Shuningdek, bizda ushbu soha bo‘yicha murakkab normativ-huquqiy baza mavjud, uni qayta ko‘rib chiqish lozim. Hozirgi kunda aynan kapital bozorini tartibga soluvchi 100dan ortiq hujjat bor. Ular bo‘yicha ham ishlarni kuchaytirish kerak. Bizda o‘z bozorimiz uchun jozibador bo‘lgan milliy kompaniyalar tashkil etilishi lozim», - deydi Otabek Nazirov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?