
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi uchinchi kuni ushbu mamlakat parlamentining quyi palatasida uchrashuvdan boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev Vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faol ishlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Kunchiqar mamlakatning parlamentarizm sohasidagi tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va o‘zaro almashinuvlarni kengaytirishga kelishib olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar