13:55 / 21.12.2019
6 234

Sobiq MXXchi Nodir To‘raqulov va uning qudasiga tegishli «zapravka»ga yangi ega chiqdi

Sobiq MXXchi Nodir To‘raqulov va uning qudasiga tegishli «zapravka»ga yangi ega chiqdi
Foto: xabar.uz
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining tegishli hukmiga ko‘ra, sobiq MXX xodimi N.To‘raqulov va uning qudasi E.Norqobilov tomonidan jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish orqali orttirilgan mulklar birin-ketin sotuvga quyilayotgani haqida xabar bergandik.

Avvalroq E.Norqobilovga tegishli «Jarqo‘rg‘on-Servis-Texnika» MCHJning Sho‘rchi tumanida joylashgan «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shahobchasi» auksion savdoda sotilgani haqida ma’lum qilingandi.

So‘ng qudalarga tegishli yana bir mulk — «Surxon-Angor-Servis-Texnika» MCHJ balansidagi Boysun tumanida joylashgan «Avtomobillarga siqilgan gaz quyish kompressor stansiyasi» onlayn auksion savdosiga qo‘yildi.

Mazkur ob’ekt 14 milliard 420 million 239 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan 24 sentabr kuni savdoga chiqarilgandi. Biroq 11 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor topilmaganligi sabab 30 oktabr kuni takroran savdoga qo‘yildi.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xabar berishicha, nihoyat ushbu auksion savdolarida «zapravka» 5 milliard 304 million 445 ming so‘mga sotilib, tushgan pul mablag‘lari davlat daromadiga yo‘naltirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq MXXchi Nodir To‘raqulov va uning qudasiga tegishli «zapravka»ga yangi ega chiqdi