“Jahannam eshigi”: Yer yuzidagi eng xavfli hudud qayerda joylashgan?

Tasavvur qiling: siz boshqa sayyoradasiz — yer ostida zaharli bug‘lar olovdek chiqmoqda, cheksiz cho‘l tuprog‘i esa tuz va kislotali qatlamlar bilan qoplangan. Bu jonsiz makon orasida turli ko‘llar joylashgan, ammo ularning suvi oltingugurt miqdori yuqori ekanligi sababli sap-sariq yoki zarg‘aldoq rangda, hatto olovdan ham kuchliroq issiqlik bermoqda.
Bu o‘ta xatarli joy haqiqatan ham bor. Garchi undan xabarli kishilar kam bo‘lsa-da, unga yetib borish deyarli imkonsiz va tashrifdan sog‘-omon qaytish haqiqiy mo‘jiza hisoblanadi.
“Jahannam eshigi” haqida
Sayyoramizdagi ushbu o‘ta xavfli mintaqa Efiopiyaning shimolida, mahalliy Afar qabilalari Danakil deb ataydigan hududda joylashgan. Xaritaga nazar solsangiz, u dengiz sathidan yuz metrdan ortiq pastlikdagi Afar havzasidagi hudud hisoblanadi. Aynan shu nuqtada uchta ulkan litosfera plitasining chekalari uchrashadi.
Bu plitalar doimiy harakatda bo‘lib, turli tomonlarga siljishi natijasida yer yuzida qo‘rqinchli tabiat hodisalari paydo bo‘ladi. Botiqlikning uzunligi taxminan 40 kilometr, eni 10 kilometr, ammo bu raqamlar hududning vahimali kuchini to‘liq aks ettirmaydi. Atrofi tosh va yassi tog‘lar bilan o‘ralgan, tabiat kislota, olov va tuzni katta kosaga aralashtirganday taassurot qo‘yadi.
Nima uchun bu yerda nafas olish va harakatlanish xavfli?

Danakilda havo va yer inson uchun soniyalar ichida halokatli bo‘lishi mumkin. Havo o‘rtacha 35 daraja atrofida bo‘lsa-da, ko‘pincha 50 darajaga ham yetkazadi. Jazirama quyosh tirik mavjudotlarni yoyib yuborishi, yog‘ingarchilik esa deyarli yo‘q.
Botiqlik yuzi millionlab yillar davomida shakllangan qo‘rqinchli tuz qatlami bilan qoplangan. Ushbu mo‘rt po‘stloq ostida issiq kislotali ko‘llar yashiringan. Yer ostidagi chuqurdan zaharli oltingugurt gazi chiqadi. Bunday yirik yoriqka tushib qolgan inson bir necha soniya ichida kimyoviy kuyishdan halok bo‘ladi. Nafas olish ham xavfli — havoda kislota bug‘lari o‘pkani yemirib yuboradi.
Cho‘lning olovli ko‘li
Botiqlikning eng hayratlanarli qismi — Erta Ale vulqoni. Mahalliylar uni «Tutunli tog‘» deb ataydi. Vulqon tepasidagi lavali ko‘l uzoq yillardan beri doimiy qaynab turibdi. Tunda qip-qizil lavadan taralayotgan shu’la bir necha onlik kilometr masofadan ko‘rinadi.
Lava qotib qolmaydi, doimo qaynab turadi. Olovli oqimlar tog‘lar bo‘ylab oqib, atrofni qizil va qora ranglarga bo‘yaydi. Olimlar fikricha, bunday jarayon milliardlab yillar avval Yer hali shakllanayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Inson bu sharoitda qanday tirik qoladi?

Aqlga sig‘masday bo‘lsa-da, odamlar bu sharoitda ham yashaydi. Afar qabilalari asrlar davomida botiqlik chegarasida yashab keladi. Ular uchun tuz «oq oltin» sanaladi. Erkaklar oddiy tayoq va pichoq bilan qurollanib, jazirama tekislikka chiqadi. Ular tuz qatlamlaridan og‘ir plitalar yasab, tuyalarga ortgan holda uzoq tog‘ bozorlariga yo‘l oladi.
Agar issiqdan yoki xavfli gazdan hushdan ketsa, ortga qaytish imkonsiz. Afarlar yerdagi har bir yoriqni beshbarmoqdek biladi: qayerga qadam qo‘yish xavfsiz, qayerda tuproq nordon bo‘lib ketishi mumkinligini his qiladi. Ular zaharli bug‘lar bilan qo‘shni bo‘lishga odatlangan, ammo g‘ayrilar bilan muloqot qilmaydi va hududlariga kamdan-kam odam kirgizadi.
Olimlar uchun noyob makon

Danakil geologlar va paleontologlar uchun haqiqiy xazina. Bu yerda litosfera plitalarining siljish jarayoni kuzatilishi mumkin. Olimlar yer qoplamlari va kelajakdagi okeanlarning paydo bo‘lishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi.
Eng muhim kashfiyot o‘tgan asrning 70-yillarida sodir bo‘lgan: havza yaqinida qadimgi mavjudot qoldiqlari topilgan. Bu taxminan 3 million yil avvalgi ayol qoldiqlari bo‘lib, olimlar uni Lyusi deb atagan. U ikki oyoqda yurishni bilgan, bosh suyagi esa maymunsimon bo‘lgan. Ushbu topilma insoniyat aynan vulqonlar va qo‘rqinchli tabiat bilan o‘ralgan joylarda paydo bo‘lganini isbotladi.
Nega bu yerga oddiy odam bormasligi kerak?

Bugungi kunda sayyohlar uchun Danakil cho‘kmasiga kirish deyarli imkonsiz. Efiopiya va Eritreya chegarasidagi siyosiy nizolar ham xavfni oshiradi. Jazirama quyosh, zaharli gazlardan tashqari qurollangan patrul yoki qaraqchilarga duch kelish ehtimoli yuqori.
Mahalliy hukumat bu hududga kamdan-kam ruxsat beradi. Ekspeditsiyalar albatta Afar qabilalaridan qo‘riqchilarni jalb qilishga majbur, chunki faqat ular xavfsiz yo‘llarni bilishi mumkin. Qolganlar uchun bu yerga kirish mumkin emas.