"Manchester Siti" "Vest Hem"ni yenga olmadi: Husanov 90 daqiqa o‘ynadi...

Angliya Premer-ligasining 30-turida «Manchester Siti» Londonda «Vest Hem» mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan ushbu bahs yakunida jamoalar 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Uchrashuvning ilk goli 31-daqiqada kiritildi. Bernardu Silva aniq zarba bilan mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq mezbonlar javobni uzoq kuttirmadi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Konstantinos Mavropanos muvaffaqiyatli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa birinchi bo‘limdayoq uchrashuv taqdiri hal bo‘lib, keyingi daqiqalarda jamoalar gol urishga muvaffaq bo‘la olmadi.
Mazkur bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham ishtirok etdi. U maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qilib, jamoasi himoya chizig‘ida ishonchli o‘yin namoyish etdi.
Bu natijadan keyin Xosep Gvardiola boshqarayotgan «Manchester Siti» ochkolari sonini 61 taga yetkazdi va turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. «Vest Hem» esa hozircha 29 ochko bilan 17-pog‘onada joylashgan.
APL. 30-tur
Vest Hem — Manchester Siti 1:1
Gollar: Mavropanos 35 — Silva 31.
Vest Hem: Hermann, Van-Bissaka, Mavropanos, Disasi, Todibo, Diuf, Souchek, Fernandes, Pablo (Magassa, 64), Bouen, Kastellanos (Traore, 75).
Manchester Siti: Donnarumma, Nunes, Husanov, Gehi, Ait-Nuri (Dok-u, 60), Rodri, Silva (Reynders, 75), O’Rayli, Marmush (Sherki, 60), Semenyo (Foden, 75), Holand.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!