Jizzax va Qoraqalpog‘istonda yer korrupsiyasi fosh qilindi

1 daqiqa o'qish243
Jizzax va Qoraqalpog‘istonda yer korrupsiyasi fosh qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokimiyat tizimida faoliyat yurituvchi ayrim mansabdor shaxslarning yer maydonlarini noqonuniy rasmiylashtirish bilan bog‘liq korrupsion harakatlari oshkora bo‘ldi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida, hokimlik bosh mutaxassisi fuqaroning yashash xonadoniga tutash davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali auksion savdosida yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi. Ushbu faktni tasdiqlaydigan ashyoviy dalillar ham topildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Xo‘jayli tumani hokimligi bosh mutaxassisi hamda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi mahalliy fermer xo‘jaligi rahbari bilan til biriktirib, 41,6 gektar yerni davlat zaxirasiga qaytarmay, auksionga chiqarmasdan tadbirkor nomiga rasmiylashtirish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari faol olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar mansabdor shaxslar orasida korrupsiyaning oldini olish va davlat resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan qadam sifatida ahamiyatga ega.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?