MIB faoliyatidan: fuqaroning 78 mln. so‘mdan ortiq qarzi undirildi

  • 23 dekabr 2019, 13:30
  • 472
  • Jamiyat
  • MIB faoliyatidan: fuqaroning 78 mln. so‘mdan ortiq qarzi undirildi
    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 04.10.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor R.G.dan undiruvchi S.L. merosxo‘rlariga 78 mln. 652 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risida ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 28.10.2019 yil kuni kelib tushgan va ijro ishi yuritishni ko‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan.

    Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga ixtiyoriy ravishda qarzdorlikni bartaraf etish uchun 10 kunlik muddat berilgan.
    Qarzdor unga berilgan ixtiyoriy vaqt ichida qarzdorlikni bartaraf etmaganligi sababli, nomidagi barcha mol-mulklariga taqiqlar qo‘yilgan.

    Shuningdek, 17.12.2019 yil kuni davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdor R.G.dan undiruvchi S.L. foydasiga 78 mln. 652 ming so‘m qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaganligi sababli davlat foydasiga 786.523 so‘m ijro yig‘imi ham undirilgan.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » MIB faoliyatidan: fuqaroning 78 mln. so‘mdan ortiq qarzi undirildi