20:50 / 23.12.2019
3 329

Bosh Prokuror: “Uchtepa tumanida saylov qonunchiligi buzilishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi”

Bosh Prokuror: “Uchtepa tumanida saylov qonunchiligi buzilishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi”
Markaziy Saylov Komissiyasi Xalqaro matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Bosh prokurorning ma’lum qilishicha, 22 dekabr kuni fuqarolar va nomzodlardan jami 44 ta murojaat kelib tushdi. Eng ko‘p murojaat Samarqand viloyati va Toshkent shahridan (9 tadan).

Saylov qonunchiligi buzilishi bo‘yicha 450 dan ziyod Internet ma’lumotlari jamlandi. 3 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

142-Qorakamish saylov okrugidan Oliy Majlis Konunchilik palatisiga nomzod Dosmuxamedov Xurshid Nabiyevich, 23-Moyqo‘rg‘on saylov okrugidan Toshkent shaxar kengashiga nomzod Xamidova Kamola Toxirovna, 10-Ahil saylov okrugidan Olmazor tuman kengashiga nomzod Sharipova Nodira Toxirovnalarning nomzodlarini deputat etib saylanishi bo‘yicha mahalliy ijroiya hokimiyati idoralari tomonidan saylov komissiyalariga tazyiq o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabarlar tasdiqlanmadi.

Shuningdek, Uchtepa tumanida hokimiyat vakilining O‘zLiDep nomzodiga noqonuniy tazyiq o‘tkazishi va ekopartiya ichki ishlariga aralashishi yuzasidan jinoiy ish ochildi. Ta’kidlanishicha, ekopartiya nomidan 3 nafar bu partiyaga mansub bo‘lmagan shaxslar tuman deputatligiga nomzod etib ko‘rsatilgan. Ulardan biri 2017 yildan buyon AQSHda yashashi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh Prokuror: “Uchtepa tumanida saylov qonunchiligi buzilishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi”