Turar joyni noturarga aylantirishga hokimning qarori kerak bo‘lmaydi

  • 20 yanvar 2020, 21:11
  • 1 099
  • Jamiyat
  • Turar joyni noturarga aylantirishga hokimning qarori kerak bo‘lmaydi
    O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4546-son qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalariga o‘tkazildi.

    Qarorga muvofiq, turar joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat berish davlat xizmati bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining qaror chiqarish tartibi bekor qilinib, ularning vakolatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga o‘tkazildi va amalda qaror ijrosi ta’minlandi.

    2020 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari tomonidan turar joyni noturar toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish tizimi ishga tushirilgan.

    Mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijasida biznes jarayonining bir necha martaga qisqarishi, sifatining oshishi, qonunbuzilishi holatlarining oldi olinishi aytilmoqda.

    Shuningdek tegishli ruxsatnomalar 8 kun muddatda shakllantirilib, QR kod asosida vakolatli idoraning mas’ul xodimi tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etilgan.

    Sir emaski, bugungi kunda biznes faoliyatini boshlash va yo‘lga qo‘yish uchun noturar joy ob’ektlarining yetishmovchiligini tadbirkorlarni qiynayotgan asosiy muammolardan biri sifatida sanash mumkin.

    » » Turar joyni noturarga aylantirishga hokimning qarori kerak bo‘lmaydi