15:52 / 24.01.2020
2 923

Ehtiyot bo‘ling! Qamchiq dovonida bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda

Ehtiyot bo‘ling! Qamchiq dovonida bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet)ning ma’lum qilishicha, joriy yilning 24 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga qadar «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi, bo‘ron bo‘lishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushib, ko‘rinishning 50 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlarining yuzaga kelishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi kutilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Bu holatlar yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasida dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, zarurat bo‘lmaganda harakatlanmaslikni so‘ragan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ehtiyot bo‘ling! Qamchiq dovonida bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda