Eri Rossiyaga ketgan ayolning hikoyasi...

  • 26 yanvar 2020, 08:30
  • 3 912
  • Jamiyat
  • Eri Rossiyaga ketgan ayolning hikoyasi...
    “Erim Rossiyada. Qarindoshlarimdan keladigan yordam ham tugagan, ertalabki choyimizga bir burda non bilan qanoatlandik.

    Qo‘shnimnikiga mehmon keladigan bo‘lib qolib, bir oshxamirlik un, 200 ta chuchvaraga yetgulik qiyma chiqarib: “Mana shuni tugushib bersangiz” deb, tashlab chiqib ketishdi.
    Yordamim tekkaniga bir xursand bo‘lsam, bolalarimga ovqat kelganiga ming xursand bo‘lib, ishni boshladim.

    Xamirni yoyib bo‘ldim, chuchvara tugush davomida xayolimdan nimalar o‘tyapti, suvga qaynataman, azgina yog‘imiz bo‘lganda edi, qaylali qilib pishirib berar edim, deb tursam, birdan boshqa xayol kelib qoldi.
    Farzandlarimga o‘g‘irlangan ovqat yegizamanmi, yo‘q, bo‘lmaydi, so‘rashim kerak.

    Shayton g‘uluv qiladi, so‘rasang achchig‘i keladi, ozib-yozib bir ish aytgan edim shunga ham suqlanyapti diydi, ish aytganiga pushaymon qildirasanmi?
    Yana biri, bermasachi, mexmonga yarasha edi, desachi?

    Nima degan odam bo‘laman, indamay 10-15 ta olib qolsam-chi deb, oxiri olib ham qolmayman, so‘ramayman ham degan qarorga keldim.
    Chunki har tong yetti marotaba Allohdan rizq so‘rab: ”Ey hamma jonzotga rizq berguvchi Razzoq, menga ham go‘zal rizq ber, deyman-ku, deb sabr qildim.

    Shu payt... Kelin bo‘lib tushganimga o‘n yildan oshgan bo‘lsa ham biror marotaba kelmagan, bordi-keldi faqat to‘y marosimlarda bo‘lgan erimning uzoq qarindoshi, Go‘zalxon ammamiz bir so‘mka xom oshlik, non, go‘sht, sabzi-piyoz o‘nta nonga yetguday pul bilan kirib keldilar.

    Mani ichim yig‘iga to‘lgan, qo‘lim un, bir ahvolda kutib oldim.
    Go‘zalxon ammamizni tushlariga bizning hovlimizda o‘tgan buvilari kiribdi ekan, shunga yo‘qlab kelibdi.

    Shu orada qo‘shnimizni qizlari chiqib chuchvaralarni olib kirib ketishdi, mehmonimni kuzatib oshxonaga kirsam bir tavoqchada chuchvaradan ham qoldirishipti.

    Ana halolim, bergan rizqingdan o‘rgulay, Rabbim.
    Sal qoldi nafsimning gapiga kirib ulkan gunoh, o‘g‘irlik qilishimga.

    Alloh saqlamasa, Allohni doim yodlab turmasak, shayton domiga tushib, gunoxkor bo‘lib qolishimiz, farzandlarimizga harom berib katta qilib, yaxshilik kutishimiz gustohlik.

    Internetdan olindi

    » » Eri Rossiyaga ketgan ayolning hikoyasi...