16:36 / 26.01.2020
5 658

Qur’onda suv haqida...

Qur’onda suv haqida...
Gershel teleskopi orqali koinotni o‘rganayotgan falakshunoslar kometalarning birida yerdagiga o‘xshash suvni uchratishdi. Bugungi kungacha tanilib kelingan nazariyaga ko‘ra, Yer paydo bo‘lganida yetarlicha quruq bo‘lgan – uning Quyoshga yaqin joylashgani uchun havodagi bug‘ning muzga aylanib, yosh sayyoraning tarkibiy qismiga aylanishi imkonsiz edi. Shu bois Yer yuzining uchdan ikki qismini qoplab olgan ummonlar Yerning paydo bo‘lganidan keyinroq unga joylashtirilgan edi.

Olimlar koinotdagi turli kometa va meteoritlarda joylashgan muz tarkiblarini o‘rganib, uning Yer sayyorasi ummonlaridagi suvning tarkibiga juda o‘xshash ekanligini aniqladilar. Shunga ko‘ra, dunyo olimlari Yer sayyorasiga suvning osmondan meteorit va kometalar orqali tashib kelinganini tasdiqladilar.

Mana shu joyda, Alloh taoloning Qur’oni Karimda zikr qilgan: «Biz osmondan o‘lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz», – degan oyatini eslamaslikning iloji yo‘q («Mo‘minun» surasi, 18-oyat).

Darhaqiqat, Alloh taoloning o‘zi qup-quruq tuproqdan bo‘lgan Yerni o‘z manziliga joylashtirdi. Osmondan o‘lchov bilan suv tushirib, uni Yerga joylashtirdi. Agar istasa, uni ketkazishga ham qodirdir. «Aytinglarchi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltiradi?» («Mulk» surasi, 30-oyat). Hech kim, faqat Alloh!

Manba: Quran.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qur’onda suv haqida...