Abdulla Aripov «Human» xususiy bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolar bilan uchrashdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.
Hukumat rahbari bundan keyin tashqi mehnat migratsiyasi bilan faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shug‘ullanishi maqsadga muvofiqligini qayd etib o‘tdi.
Bosh vazir shuningdek, prezident topshirig‘i bilan «Human» XBAdan zarar ko‘rgan 1086 nafar fuqaro mablag‘lari to‘lab berilishini ma’lum qilgan.
Mablag‘lar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi maxsus jamg‘armadan qoplanadi, keyinchalik bu pullarni agentlikdan undirish choralari ko‘riladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018 yil kuzidan boshlab ruxsat berilgan edi. Shundan keyin o‘tgan bir yil davomida 66ta XBAga fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan.
Hozirda bir nechta XBAlari ustidan jinoyat ishi ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun kunning birinchi yarmida «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyatidan jabr chekkan 50 dan ortiq kishi Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni yonida to‘planib, pullarini qaytarishni talab qilishgandi. Voqea joyida aholi vakillari bilan muzokara o‘tkazgan rasmiylar hukumat rahbarlari bilan uchrashuv belgilashgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi