15:00 / 28.02.2020
3 719

Aliment undirish bo‘yicha yangi normalar belgilanadi

Aliment undirish bo‘yicha yangi normalar belgilanadi
Hasan PAYDOYEV("Xalq so‘zi")
Senatning ikkinchi yalpi majlisida qator qonunlar ma’qullandi.
Jumladan, “Bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunida aliment undirishning yangi normalari belgilanmoqda.

Buning bir qancha sabablari bor, dedi senator Baxtiyor Sayfullayev. Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilish, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’iy nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli.

Shuningdek, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartishlar kiritilib, unga ko‘ra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi sababli ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun bilan endilikda oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda etish, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonida so‘zlashga haqli hisoblanadi. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’iy nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Munisxon Karimova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment undirish bo‘yicha yangi normalar belgilanadi