17:15 / 28.02.2020
3 757

Soxta DXXchilar bir fuqaroni qo‘rqitib 150 ming dollarini olib qo‘yishdi (video)

Soxta DXXchilar bir fuqaroni qo‘rqitib 150 ming dollarini olib qo‘yishdi (video)
Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, o‘zlarini DXX xodimi deb tanishtirgan 4 kishi bir fuqaroni 150 ming AQSH dollariga chuv tushirib ketdi.

Namangan viloyati Chust tumanida 4 nafar firibgar shaxs jabrlanuvchini mashinasida 200 ming AQSH dollari borligini bilib qolishgan va uni kuzatib yurishgan. Uni mashinasini to‘xtatib O‘zlarini DXX xodimlari deb tanishtiradi. Shundan so‘ng, avtomashina egasi pullar unga tegishli emasligini, ularni boshqa fuqaroga yetkazib berishi kerakligini aytadi.

Shundan so‘ng “soxta DXX” chilar pullarni 150 ming dollarini berishini va bu haqida hujjat rasmiylashtirmasligini aytadi. Agar pullarni berishni xohlamasa, "200 ming dollarni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan deb jinoyat ishi ochamiz, mashinangni musodara qilamiz", deb qo‘rqitadi.

Haydovchi kerakli pullarni berib, o‘zi Qirg‘izistonga qochib ketadi. Pullarni egasi vaziyat bo‘yicha IIB murojaat qilgach firibgarlar qo‘lga olinadi va ularga qarshi jinoyat ishi ochiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soxta DXXchilar bir fuqaroni qo‘rqitib 150 ming dollarini olib qo‘yishdi (video)