21:48 / 31.08.2017
8 086

Munajjimlar bashorati: 1 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 1 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
1 sentyabr rosmana bayram. Demak, sizning ham kayfiyatingiz bayramona bo‘lishi tayin. Kun davomida kayfiyatingizni a’lo darajada ushlash uchun turli ko‘rinishdagi madaniy tadbirlar, yoki oilaviy bayramlar o‘ylab toping. Ayollarimiz esa yaqinlarini ajoyib va bir-biridan mazali taomlar bilan siylashsin. Ammo bayram bayram bilan, salomatlikni alohida e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yaqinlaringizga nisbatan juda xush muomalali bo‘ling, ulug‘ ayyom kuni hech birlarining ko‘ngliga ozor beradigan gap aytmang. Aks holda qaltis xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lib chiqasiz. Bugun tabiat qo‘ynida dam olish, moliyaviy ahvolingizni yaxshilash uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Kechqurun bayram dasturxoni atrofida vaqt o‘tkazing. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Og‘ir yotgan bemor qarindoshlaringiz bo‘lsa, ular holidan xabardor bo‘lib duolarini oling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
1 sentyabr kuni ertalabdanoq aniq maqsadlar yo‘lida dadil qadam tashlang. Siz uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq. Lekin organizm jismoniy zo‘riqishiga ham yo‘l qo‘ymang. Kunduzi shaxsiy ishlaringiz yuzasidan boshqa shaharga borib kelishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu safar sizga moddiy manfaatdorlik ham hadya etsa ajab emas. Kechqurun juftingizning qarindoshlaridan biri haqida yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
1 sentyabr kuzning ilk kuni hisoblanadi. Sizning kayfiyatingizda ham kuz manzarasi joy olishi kutiladi. Yo‘l-yo‘lakay yuzaga keladigan mayda ko‘ngilsizliklar bayramona ruhingizni cho‘ktirishi mumkin. Agar iroda kuchini ishga solsangiz, bu to‘siqlar, mayda ko‘ngilsizliklarni chetga surib qo‘ya olgan bo‘lardingiz. Bugun ijod kishilarining ishi unumdor kechishi kutilmoqda. Oila qurmaganlarning ayrimlari o‘z orzusidagi insonni ham ayni shu kuni uchratishlari mumkin. Kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishingiz ehtimoli bor.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
1 sentyabr kuni vujudingizni bir dunyo kuch-qudrat chulg‘ab olganiga guvoh bo‘lasiz. Siz bu bilan har qanday jiddiy muammoni ham xamirdan qil sug‘urgandek oson hal eta olasiz. Tijoratchilar bayram munosabati bilan ikki hissa daromad ko‘rishlari kutiladi. Muhim hujjatlarga imzo chekish zarurati tug‘ilsa, sergak turing. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Kechqurun yaqinlaringiz uchun bayram sovg‘alari olishni unutmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Tijorat bilan band do‘stlarimiz bugun raqobat maydonida mardona turib bermasalar, ko‘zlangan natijaga erisha olmasliklari mumkin. Shunday raqobatchilaringiz borki, qanday qilib bo‘lmasin, sizni siqib chiqarishga intiladi. Ammo asabni asrang. Salomatligingizga putur yetishi hech gap emas. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, doimiy ravishda salomatligingizni nazorat qiling. Kechqurun yoshi ulug‘ qavmlardan xabar olib bayram bilan tabriklashni unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
1 sentyabrda hayotdagi pozitsiyangizni mustahkamlash payida bo‘ling. Tushdan keyin g‘iybatchi, jinoyat olami vakillari bilan muloqot qilishdan saqlaning. Bir so‘z bilan aytganda, kun davomida xatolarga yo‘l qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda aldanib qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun xonadoningizni mehmon bosish ehtimoli bor. Qavmlar yig‘ilib sizni bayram bilan tabriklashga kelishlari mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun bor kuch-qudratingizni faqat talab etilgan joylardagina sarflashingiz lozimligini uqtiradi. Agar kerak-nokerak kuch sarflayversangiz, kechqurunga borib jismonan zo‘riqishingiz va holdan toyishingiz hech gap emas. Ijodkorlar ham bor iste’dodlarini haddan tashqari namoyish etavermasalar maqsadga muvofiq bo‘lardi. Kechqurun sportzalga borib yengil mashqlar bilan band bo‘lsangiz, faqat foyda qilasiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
1 sentyabr kuni ham ish, ham hayotda kerakli insonlar bilan tanishib, aloqalarni mustahkamlashga harakat qilsangiz, sira yutqazmaysiz. Ishingiz masalasida imkoniyatlarni kengaytirish, yangi, qo‘shimcha daromad keltiruvchi yumushlarni qidirib topish bilan shug‘ullaning. Qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan yaqin munosabatlarga kirishishdan saqlaning. Bu hayotingizni tamoman izdan chiqarib yuborishi turgan gap.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ishoning, bugungi kuningiz romantika va yoqimli lahzalar, yangi tanishuvlar, hayajonli uchrashuvlarga boy bo‘ladi. Oila qurmagan do‘stlarimiz ham bayramona ruh bilan mustaqil hayot sari olg‘a intilaversalar bo‘ladi. Bu yo‘lda sizga to‘siqlar xalal bermaydi. Lekin sarf-xarajatlarni chegaralashingizga to‘g‘ri keladi. Bugun moliyaviy ahvolingiz boshqa kunlardagiga nisbatan u darajada yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Atrofdagilar bilan muloqotda tinglovchi vazifasini bajaring, shunda bayram kayfiyatingiz sizni erta tark etib ketmaydi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
1 sentyabr kuni qachonlardir o‘zingiz janjallashib qolgan odam bilan yarashish payida bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmasdi. Ulug‘ ayyom kunlari bunday yarashlarning xosiyati ko‘p bo‘ladi. Kun davomida kutilmagan daromad ko‘rishingiz va bolalikdagi do‘stlardan biri bilan tasodifan uchrashib qolishingiz kutiladi. Kechqurun faqat sog‘liqni mustahkamlash harakatida bo‘ling. Gripp alomatlari sezilayotgan bo‘lsa, mutaxassis maslahati zarur bo‘ladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kayfiyatingiz erta tongdanoq yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Biroq bu holatingizni o‘zgalarga ravo ko‘rmasligingiz lozim. Undan ko‘ra, o‘zingizni qo‘lga olib hayotga, dunyoga real ko‘z bilan boqishga harakat qiling. Bayram bahonasida erkaklarimiz suyukli rafiqasiga uy yumushlarida ko‘maklashib yuborishsa ham ziyon ko‘rishmaydi. Kun davomida faqat qalbingiz amriga bo‘ysuning. O‘zgalar maslahatlari bugun sizga naf keltirmaydi.

Muqaddas Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 1 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..