Yigitali o‘g‘illarini tug‘ilgan kuni bilan Instagram orqali tabrikladi

  • 02 may 2016, 09:59
  • 19 359
  • Madaniyat
  • Yigitali o‘g‘illarini tug‘ilgan kuni bilan Instagram orqali tabrikladi

    1 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva va aktyor Yigitali Mamajonovning farzandlari Islom va Imron tavallud topgan kun. Shu sabab ijtimoiy tarmoqlar Rayhonning o‘g‘illari bilan tushgan surati bilan to‘lib toshyapti, hatto, taniqli shou-biznes vakillari ham Rayhonni qutlash bilan band. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

    Tabriklar orasida Rayhon G‘anievaning sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovning o‘g‘illariga ijtimoiy tarmoq orqali yo‘llagan tilaklari e’tiborimizni tortdi.

    “Tug‘ilgan kun muborak bo‘lsin, o‘g‘illarim! Mening polvonlarim, albatta, bu tabriklarni tushunish senlarga erta. Lekin katta bo‘lib o‘zingiz o‘qiysiz. Tanu joningiz sog‘ bo‘lsin hamisha. Katta yigit bo‘lib, ota-onam deydigan, imonli, e’tiqodli, qalbi pokiza, ibratli, halol inson bo‘linglar”, deb yozadi Yigitali Mamajonov.

    Ushbu tabriklar tagiga o‘z izohini qoldirayotgan internet foydalanuvchilari esa Yigitalining turmush o‘rtog‘i bilan yana yarashishi, farzandlar kamoli uchun ikkisi ham o‘tgan ishlarga ko‘z yumishi kerakligini aytishmoqda. Bu izohlarga nisbatan Rayhon G‘anieva ham, Yigitali Mamajonov ham javob qaytargani yo‘q.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yigitali o‘g‘illarini tug‘ilgan kuni bilan Instagram orqali tabrikladi