17 261
Xonanda Rayhonning efir ortidagi harakatlari aks etgan video o‘zbek tilida yaxshi gapira olmasligi uchun tanqidga uchradi
O‘zini teleboshlovchilikda ham sinab ko‘rayotgan xonanda Rayhon xit-paradlar dasturidagi efir orti harakatlari aks etgan videoni Instagram sahifasiga joyladi, deb xabar berdi "daryo.uz".
30 mingdan ko‘proq marta ko‘rilgan video ostida xonandani kuzatib boruvchi Instagram foydalanuvchilari ikki toifaga bo‘linib qoldi. Ularning aksari Rayhonning xatti-harakati o‘ziga yarashganini aytib, uni olqishlagan bo‘lsa, qolgan qismi xonandani keskin tanqid ostiga oldi.
“O‘zbek tilini o‘rgatinglar, necha yildan buyon o‘zbekcha qo‘shiq aytadi, nima deyayotganini esa tushunmaydi”, — deb izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.
Boshqasi esa Rayhonga o‘zbek tilida o‘xshamagan dastur olib borgandan ko‘ra, yaxshisi rus tilidagi loyihalardan birida o‘zini sinab ko‘rishni maslahat bergan.
Izohlar orasida uyat, yaxshi emas, chiroyli ish emas kabi so‘z va jumlalarni uchratish mumkin.
“Rayhon hech qachon o‘zbekchani bilmagan. Rus qo‘shnilarim bor, o‘zbek tilida bemalol so‘zlasha olishadi. Kimgadir nasib qilar ekan, kimga esa yo‘q”, — deb rus tilida ham yozilgan.
Keyinroq Rayhon Instagram sahifasiga boshqa bir suratini joylab, unga shunday izoh yozdi:
“Ba’zida rasvo izohlarni o‘qib, hayron qolaman. Insondan nechog‘li nafratlanish mumkin, agar sen u inson bilan umuman tanish bo‘lmasang? Nahotki hamma narsa o‘zingizga qaytib kelishini tushunmasangiz? Siz mendan faqatgina gunohlarimni olmoqdasiz va buning uchun men sizlardan minnatdorman. Meni ko‘rolmaydigan insonlarning barchasiga baxt va muhabbat tilab qolaman. Balki shunda qanchalar adashganingizni tushunib etarsiz. Sizlarni samimiy sevaman va barchangizni hurmat qilaman”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi