15:36 / 24.01.2017
7 832

Shohruh reper mart oyida konsert beradi

Shohruh reper mart oyida konsert beradi

Yoshlarining sevimli reperi bo‘lgan Shohruh “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda reper o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Shohruhning ma’lum qilishicha, uning galdagi konsert dasturi joriy yilning 24-25 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. “10 yillik ijodim” deb nomlangan koner dasturiga ayni kunlarda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

Ma’lumot uchun, Shohruh reperning “Bolaligim”, “Vatanim”, “Qayt”, “Voqea” kabi qo‘shiqlari yoshlar qalbidan joy olgan.

Garchi o‘zbek shou-biznesida rep yo‘nalishining paydo bo‘lishi qator tanqidlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, Shohruh reper kuylagan qo‘shiqlar aynan qaysidir ijtimoiy mavzuda bo‘lgani bilan omma e’tiborni tortgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohruh reper mart oyida konsert beradi