23:37 / 02.05.2017
14 546

Rayhon egizaklarining tug‘ilgan kunini nishonladi (Foto)

Rayhon egizaklarining tug‘ilgan kunini nishonladi (Foto)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva 1 may kuni egizak o‘g‘illari Islom va Imronning tug‘ilgan kunini nishonladi deb yozdi Darakchi nashri.

Tug‘ilgan kunga Islom va Imronning do‘stlari, jajji bolakaylar taklif etildi. Ular bayramda o‘zlarining sevimli multqahramonlari superqahramonlar kiyimida namoyon bo‘lishdi. Rayhon ham superqahramonlar belgisi aks ettirilgan kiyim kiydi va suratga “superqahramonlar oilasi” deya izoh berdi.

Islom va Imronning yagona xolasi Nasiba qizi Latifa bilan birgalikda tug‘ilgan kunga afsonaviy qahramonlar libosida keldi.

Egizaklarning 3 yoshlga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan kichik bayram dasturida “o‘rgimchak odam”, “temir odam” kabi bolajonlarning boshqa sevimli qahramonlari ishtirok etdi.

Avvalroq, Rayhon va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali egizak o‘g‘illarini tug‘ilgan kunlari bilan tabriklagani haqida xabar bergan edik.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon egizaklarining tug‘ilgan kunini nishonladi (Foto)