22:43 / 03.07.2017
7 229

Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo‘yadigan ilk talabi haqida gapirdi

Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo‘yadigan ilk talabi haqida gapirdi
Bugun, 3 iyul kuni Xalqaro Press-klubning “O‘zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv” deb nomlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyaning birinchi qismida Yoshlar Ittifoqi tashkiloti raisi Qahramon Quronboyev, Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov, Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekovlar ishtirok etdi.

Ozodbek Nazarbekov o‘z nutqida bugungi yoshlar haqida gapirar ekan, quyidagilarni aytib o‘tdi:

“Bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar behisob. Avvallari biz ustozlarning xizmatini qilib, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq olardik. Hozirgi yoshlarlarning esa orqasidan yugurib ham aytganimizni qildirolmaymiz. Masalan, men oldimga shogirdlikka keluvchilarga qo‘yadigan birinchi talabim 2 oy ichida 4 ta adabiyot o‘qib chiqish. Lekin, ko‘pchilik yoshlar bu talabimni bajara olmaydi. Kim adabiyot o‘qimasa, u san’atni ham tushuna olmaydi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo‘yadigan ilk talabi haqida gapirdi