Jahon opera san’atining eng yorqin tenorlaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Moskva shahridagi Davlat Kreml saroyida bo‘lib o‘tgan “Romansiada yulduzlari” gala-konsertida ishtirok etdi. Bu to‘g‘rida «Xalq so‘zi» yozmoqda.
Ispaniyalik mashhur opera qo‘shiqchisi Xose Karreras vatandoshimizga “zamonamizning eng go‘zal ovozi” deya ta’rif bergandi. Binobarin, Ramiz Usmonovning bu galgi sahnaga chiqishi, ajoyib ijrosi gulduros qarsaklar bilan kutib olindi, to‘xtovsiz olqishlab turildi. Muxlislar taniqli tenorimizni uzoq vaqt sahnadan qo‘yib yuborishni istamaganliklari ham bunga oddiy misol bo‘la oladi.
Ta’kidlash kerakki, qo‘shiqchimizni rus romansi bo‘yicha “Romansiada” xalqaro tanlovi bilan uzoq va mustahkam do‘stlik aloqalari bog‘lab turadi. 2008 yilda u ushbu tadbirning Chimkent (Qozog‘iston) shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy tanlovida birinchi darajali, shu yil Moskvada tashkil etilgan final bosqichida esa ikkinchi darajali mukofotlariga loyiq ko‘rilgandi.
Joriy yilgi bayramona musiqa kechasida hamyurtimiz D. Puchchinining “Turandot” operasidagi Kalaf ariyasini yuksak mahorat bilan kuyladi. Qolaversa, belaruslik yana bir mashhur tenor Vladimir Dmitruk bilan birgalikda muxlislar uchun rus milliy qo‘shiqlarini ham ijro etib berdi.
“Meni iliq kutib olishdi. Shuning uchun Moskvadagi sovuq ob-havoga qaramasdan juda yoqimli taassurotlar qoldi. “Romansiada yulduzlari” gala-konsertida esa birinchi bor qatnashishim emas, — deydi R.Usmonov. — Har safar bu katta bayramga, do‘stlar va albatta estrada san’ati tobora rivojlanayotganiga qaramay hamon ommaviyligini yo‘qotmagan romans yo‘nalishi shinavandalari bilan ajoyib uchrashuvga aylanadi”.
“Romansiada yulduzlari” gala-konserti 11 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Unda “Romansiada” xalqaro tanlovi laureatlari yig‘ilib, tomoshabinlar uchun romans kuy-qo‘shiqlari kechasini taqdim etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi