06:30 / 11.12.2018
5 151

Alisher Usmonov o‘zbekistonliklarga qator xayriya konsertlarini sovg‘a qiladi

Alisher Usmonov o‘zbekistonliklarga qator xayriya konsertlarini sovg‘a qiladi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Yangi yil oldi O‘zbekiston ahliga turli janr yulduzlaridan xayriya konsertlarini sovg‘a qiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Dekabr oyida Alisher Usmonovning sa’y-harakatlari bilan Toshkentda rep, xip-xop, klassika, masxarabozlar va bolalar shoulari bo‘lib o‘tadi. Jumladan, 11 va 12 dekabrda Anjumanlar saroyida Moskvaning “Kuraj” teatri “Ognenniye lyudi” teatri va “Tall brothers” klounada teatri bilan birga tomosha ko‘rsatadi.

17 dekabrda Xalqlar do‘stligi san’at saroyida amerikalik R&B yo‘nalishi ijrochisi Jeyson Derulo konsert beradi.

Bevosita Yangi yil arafasida – 30 dekabrda Anjumanlar saroyida P.I.Chaykovskiy nomidagi Katta simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tadi. Konsertda yakkaxon ijrochilar sifatida Mixail Radunskiy, Maksim Vengerov, Olga Peretyatko va AQShda yashovchi o‘zbek pianinochisi Lola Astanova ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Usmonov o‘zbekistonliklarga qator xayriya konsertlarini sovg‘a qiladi