00:32 / 28.12.2018
6 873

Jahongir Poziljonovning klipiga «O‘zbekkonsert» rasmiy ruxsat bermagan edi...(mi?)

Jahongir Poziljonovning klipiga «O‘zbekkonsert» rasmiy ruxsat bermagan edi...(mi?)
Bu haqda telegramdagi Xushnudbek.uz kanali xabar qilmoqda.

OAVlarda yozilishicha, Jahongir Poziljonov ijrosidagi o‘ta saviyasiz qo‘shiq va unga ishlangan maddohona klip uchun «O‘zbekkonsert» badiiy kengashi tomonidan rasmiy ruxsat olinmagan ekan. «Zo'rTV» kanali vakillari ham buni tasdiqlabdi, deyiladi kanal tarqatgan xabarda.

Shuningdek, kanalda “Jahongir Poziljonovning ham litsenziyasi olinadimi?” degan savol qo‘yilgan. Axir xonandalar oddiy sabablarga ko‘ra, masalan ruxsat so‘ramasdan xorijga chiqish, ruxsat berilmagan qo‘shiq yoxud kliplarni TV tugul, ijtimoiy tarmoqlarda «aylantirish», tadbirlarga kela olmaslik yoki «ma’naviyatsiz» tamg‘asi bosilgan kliplar ishlagani uchun litsenziyasi olib qo‘yiladi-ku.

Kuzatamiz, voqealar rivoji qanday bo‘larkin... Ishqilib, bir yumalab, bu klipga badiiy kengash ham ruxsat bergan (yoki beradigan) va juda ko‘pchilikning noroziligiga sababchi bo‘lgan saviyasiz qo‘shiq oxir-oqibat telekanallarda odamni «realnыy» xit qiladigan darajada aylanadigan, bo‘lmasa bo‘ldi, - deyiladi kanalda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Poziljonovning klipiga «O‘zbekkonsert» rasmiy ruxsat bermagan edi...(mi?)