14:30 / 06.03.2019
8 094

Javohir Zokirov: “Poʻlat Alemdarni kinoga taklif qilgan boʻlardim!”

Javohir Zokirov: “Poʻlat Alemdarni kinoga taklif qilgan boʻlardim!”
Javohir Zokirov oʻzbek kinosidagi ayrim muammolar borasida toʻxtalib oʻtdi. Jurnalistning hozirgi kunda chet eldan aktyor taklif qilish holatlari koʻpayib ketgani borasidagi savollariga u shunday javob qildi:

— Har bitta rol uchun avval oʻsha joyning oʻzidan aktyor qidirib koʻrish kerak. Agar Oʻzbekistonda topilmasa, keyin taklif qilish kerak. Bu juda xunuk narsa – oʻz aktyorlaring xor-u zor boʻlib, kulguli gonorar olsa-da, xorijlik aktyorlarga moʻmay pul toʻlasang…

Biz turk aktyorlari bilan ham, aktyorlarimiz bilan ham teng bellasha olamiz. Gonorarimiz kam boʻlsa ham. Gʻalati-da. Bir vaqtlar buvijonim aytardilar: “Xoʻrozqand chet elniki boʻlsa, yotvolib yalashadi”.

Agar men taklif qilganimda Poʻlat Alemdarni oʻynagan Nejati Shashmazni olgan boʻlardim. Lekin uni taklif qilish qiyin deyishyapti. Gonorari baland ekan. Olganga yarasha oʻnta mundayrogʻidan koʻra bitta eng yaxshisini olish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Javohir Zokirov: “Poʻlat Alemdarni kinoga taklif qilgan boʻlardim!”