Alisher Uzoqov Jahongir Otajonovning tanqidiga munosabat bildirdi (video)

  • 26 mart 2019, 20:25
  • 1 972
  • Madaniyat
  • Alisher Uzoqov Jahongir Otajonovning tanqidiga munosabat bildirdi (video)
    Aktyor va rejissyor, boshlovchi Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi.

    Suhbat davomida Alisher Uzoqov “The cover up” loyihasi haqidagi tanqidiy fikrlar oʻrinsiz ekanligini maʼlum qildi.

    ʻThe cover upʻ haqida gap-soʻzlar koʻpayib ketdi. Nafaqat Jahongir aka, bu haqda koʻpchilik gapiryapti. Aslida intervyu berish niyatim yoʻq edi. Lekin Zoʻr TV ijodkorlari va oʻzimning mehnatimga achindim va intervyu berishga majbur boʻldim.

    Bizning mehnatimizga, loyiha uchun sarflagan vaqtimizga, bu loyihaning yaxshi chiqishi uchun qilinayotgan ishlarga nisbatan nooʻrin baholar koʻpayib ketdi. Mana shunday gap-soʻzlar bolalagani sabab oʻzim sizga intervyu berish taklifi bilan chiqdim.

    ʻThe cover upʻning 4-mavsumi boshlanishi arafasida. Shuning uchun ham mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida keldim. Odamlar bu loyihaga nisbatan negativ fikrlarni eshitaversa, ularning oʻzida ham shunday ruhiyat paydo boʻladi, deb oʻyladim va sizning oldingizga intervyu berish uchun oʻzim keldim.

    Loyiha oʻzbek sanʼatida kichik boʻlsa-da burilish yasay oldi. Xudo xohlasa jonli ijro borasida bundan ham katta ishlar qilish niyatidamiz. Maqsadim jonli ijroga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish. Oʻqishni bitirib qayerga borsam ekan deb boshini qashlab oʻtirgan yoshlarga yordam berish. Zoʻr TV orqali ularni xalqqa tanitish. Bu kanalni qoʻshni davlatlarda ham koʻrishyapti, menimcha bu maktabda emas, katta bir davlatda amalga oshirilayotgan maqsad. Mana shunday maqsad sari intilayotgan paytimiz, mayda-chuydagaplarni gapirish toʻgʻrimi?!

    Jahongir aka ʻAlisher yonimga kelib shulardan bittasi chiqib ketishi kerak, deb aytdi unda meni nima keragim borʻ, debdilar. Jahongir aka yaxshi inson, oʻzining fikriga ega, hech kimdan qoʻrqmaydi. Men buni nafaqat Jahongir akadan boshqa birovdan ham yashirmayman. Toʻgʻri shunday degandim, chunki sistema shunaqa. Loyihada 10 ta ishtirokchi qatnashadi, birinchi turda hech kim chiqib ketmaydi. Ikkinchi turda ovozlar, hakamlar qoʻygan ballar boʻyicha oxirgi qolgan ikkita ishtirokchidan biri chiqib ketadi. 10 ball olib turgan Yorqinxoʻja yoki Afruzani chiqarish kerak demayman-u! Bu narsani bitta Jahongir akaga aytmaganman. Hamma hakamlarga aytganman. Chunki chiqib ketishi kerak boʻlgan ikki ishtirokchi qolish uchun bellashadi.

    Jahongir aka buni notoʻgʻri tushunganlar, ʻbular hal qilib boʻlishibdiʻ, deb oʻylaganlar. Ularni toʻgʻri tushunaman, bu narsaning yozilmagan qonunlari bor deganlar. Jonli ijroni his qilishim kerak deganlar, misol uchun men ham teatrda ishlaganman, jonli kuylamagan boʻlsam, jonli ijro qilganman. Bu narsalarni oʻzim ham yaxshi bilaman. Lekin televideniyeda yozilgan qonunlar ham borda. Katta-katta odamlar qoʻngʻiroq qilishadi, yaqinlarim iltimos qilishadi. Oldimga shu darajada koʻp odam keladiki, xudoga shukr, yaratgan egamning oldida yuzim yorugʻ. Bittasining ham gapi oʻtmagan. Internet sahifalarda ham faktlarga asoslanmagan fikrlar bildiriladi.

    Sizlardan iltimos qilaman mana shu loyiha borasida negativ fikrlar boʻlsa, pul tomonlama yoki tanish-bilish deganlaridek, iltimos sizdan qoʻlingizda fakt bilan oldimga keling. Dalil bilan oldimga kelsangiz, isbotlab bersangiz shu loyihani yopib yuboraman. Vaʼda beraman! Kimdir kelib isbotlab bersin. Gapiga javob bersin. Pul oldi yoki tanish-bilish qildi deb isbotlab bersin shu loyihani haqiqatdan yopaman. Shu darajada oʻzimga ishonchim bor.

    Alisher Uzoqov, aktyor va rejissyor

    » » Alisher Uzoqov Jahongir Otajonovning tanqidiga munosabat bildirdi (video)