Motsart musiqasining yangi ta’siri ochildi

  • 08 aprel 2019, 19:09
  • 649
  • Madaniyat
  • Motsart musiqasining yangi ta’siri ochildi
    Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi dorilarni hayotingizda kamaytirish mumkin, deya ta’kidlamoqda Darakchi nashri.
    Yuta universiteti tadqiqotchilari buning uchun vaqti-vaqti bilan mumtoz musiqa tinglash kifoya ekanini ma’lum qilishdi.

    Hatto sichqonlar uchun ham Volfgang Amadey Motsartning kompozitsiyalarining jonlantiruvchi ta’siri begona emas ekan. Daho kompozitorning asarlarini 21 kun davomida eshitgan panjalari singan kemiruvchilar panjalari og‘riyotganiga qaramay, og‘riqqa musiqa eshitmagan sichqonlarga nisbatan 77 foiz ko‘proq chidashgan.

    Qolaversa, musiqa bir qator dorilarning ham ta’sirini kuchaytirgan. Masalan, Motsart musiqasi ostida qabul qilingan ibuprofen shishlarni 93 foizga kamaytirgan.
    Motsart kuylari asab tizimining tinchlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

    » » Motsart musiqasining yangi ta’siri ochildi