O‘zbekistonda hind jangari filmini suratga olish ishlari boshlandi

  • 15 oktyabr 2019, 09:37
  • 1 104
  • Madaniyat
  • O‘zbekistonda hind jangari filmini suratga olish ishlari boshlandi
    Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri Panorama Studios O‘zbekistonda “Khuda Haafiz” (Tangri panohida asrasin) deb nomlangan romantik jangari filmni suratga olishni boshladi.

    Filmga Faruk Kabir rejissyorlik qilmoqda. O‘zbekistonga suratga olish ishlarida ishtirok etish uchun Hindistondan 130 kishi va AQSh, Rossiya hamda Yevropaning bir qator davlatlaridan 30 kishi keldi.

    Shuningdek, O‘zbekistondan filmning suratga olinishida mingdan ko‘proq odam – aktyorlar, texnik xodimlar, ommaviy sahnalar ishtirokchilari jalb qilinadi.

    Filmning O‘zbekistonda suratga olish byudjeti 1 mln dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkentda va Xivada suratga olinadi, keyingi suratga olish ishlari Hindistonda davom ettiriladi.

    “Biz O‘zbekistonda film suratga olayotganimizdan mamnunmiz. Bu biz uchun nafaqat bu yerda ishlash, balki mamlakatingiz bilan yaqindan tanishish uchun imkoniyatdir. Davlatingiz rahbariyati kinoturizm sohasiga hozirda qatta e’tibor qaratmoqda. Yaqinda butun dunyo mamlakatingizda suratga olish uchun noyob joylar borligidan xabar topadi, boz ustiga 2020 yildan O‘zbekistonda “rebate” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ishonchim komil, shundan keyin sizga ko‘plab xorijiy, ayniqsa hind kinokompaniyalari oqib keladi”, deb aytgan film prodyuseri Satish Sharma.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda hind jangari filmini suratga olish ishlari boshlandi