10:25 / 20.12.2019
10 124

Kirkorovning Toshkentda bo‘lib o‘tgan konsertidagi raqqosalar tanqidga uchradi (foto)

Kirkorovning Toshkentda bo‘lib o‘tgan konsertidagi raqqosalar tanqidga uchradi (foto)
Rossiya estradasining taniqli vakili Filipp Kirkorov Toshkentda konsert berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda konsertda tasvirga olingan va unda sahnaga chiqqan raqqosalarning suratlar tarqaldi. Mazkur suratlar turli tanqidlarga va munosabatlarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Sputnik

Nashrning yozishicha, muxlislar ikki tomonga bo‘lingan. Bir tomondan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar konsert «eng yaxshi shou» degan izohlar yozayotgan bo‘lsa. Ikkinchi tomondan ayrimlar raqqosalarning ochiq liboslari yuzasidan tanqidiy izohlar qoldirmoqda.

Foto: Sputnik

Xabar berilishicha, Rossiya estradasi yulduzi birinchi navbatda Yulduz Usmonova bilan uchrashgan.

«Bugun Toshkentda The Best shou! Konsertdan oldin menda O‘zbekiston afsonasi va buyuk xonanda bilan muhim uchrashuv bo‘ldi», — deb yozgan xonanda o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

Foto: Sputnik

Nashr konsert yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining turli mazmundagi izohlarini keltirib o‘tgan.
- «Bunday konsertga ruxsat berganga uyat»;
- «Bu shunchaki xalqimizning urf-odatlari va madaniyatiga tupurish»;
- «Humo Arena — bu bolalar maydonchasi. Madaniyat vazirligi qayerga qarayapsizlar?».

Bu konsert haqida ijobiy fikrlar bildirganlar ham bor:
- «Siz bilan har doim ajoyib shou!»;
- «Juda zo‘r. Butun oilamiz bilan bo‘ldik, butun oqshom Kirkorov xitlarga raqs tushdik. Bunday konsert uchun rahmat!».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kirkorovning Toshkentda bo‘lib o‘tgan konsertidagi raqqosalar tanqidga uchradi (foto)