Dunyoda har yili yarim million inson chekuvchiga aylanmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 1,3 milliarddan ortiq kishi kashandalikka ruju qo‘ygan va har yili ushbu illat keltirib chiqaradigan kasalliklar tufayli besh milliondan ziyod odam hayotdan ko‘z yummoqda, deb yozadi "Sof.uz" nashri.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, tamaki tutuni tarkibida organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘pgina ingridientlar mavjud. Qatron (smola) va uglerod oksidi — asosiy patogen omillardir. Qatron hiqildoq, o‘pka raki va boshqa o‘pka kasalliklari rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Uglerod oksidi qonning kislorod tashuvchanlik xususiyatini pasaytiradi, to‘qimalarga kislorod kelishini izdan chiqaradi va chekish bilan bog‘liq yurak kasalliklarining rivojlanishiga olib keladi.
Tibbiy xulosalarga ko‘ra, chekuvchi ayollar erkaklarga qaraganda tamakidan ikki barobar ko‘p zararlanadi. Bunga ayolning nozik xilqat, bo‘lg‘usi ona ekani asosiy sababdir. Sigaret ayolning husniga salbiy ta’sir qiladi. Reproduktiv tizimlar faoliyatiga jiddiy zarar etkazadi. Shu bois bunday onalarda homila tushish holatlari ko‘p kuzatiladi, tug‘ilgan bolalar xasta va nimjon bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi