Evro-2016 o‘yinlarini UzReport TV orqali O‘zbekistondagi barcha hududlarda kuzatish imkoni paydo bo‘ldi

  • 18 iyun 2016, 13:57
  • 5 743
  • O‘zbekiston
  • Evro-2016 o‘yinlarini UzReport TV orqali O‘zbekistondagi barcha hududlarda kuzatish imkoni paydo bo‘ldi

    Futbol bo‘yicha Evropa chempionatiga (Evro-2016) O‘zbekistondagi keng audiyatoriyaning katta qiziqishini inobatga olgan holda UzReport TV telekanali mazkur musobaqani eksklyuziv translyasiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi va hozirda Evro-2016 bahslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmoqda. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

    Ko‘plab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, UzReport TV telekanali Evro-2016 o‘yinlarini 17 iyundan boshlab O‘zbekistondagi hududiy telekanallarda retranslyasiya qilish bo‘yicha O‘EOAVMA bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

    Shu tariqa Evro-2016 o‘yinlarini endi quyidagi hududiy telekanallar orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi: «Muloqot TV» (Qo‘qon), «Ruxsor TV», «Marg‘ilon TV» (Marg‘ilon), «Jizzax TV» (Jizzax), STV (Samarqand), «Istiqlol TV» (Buxoro), «Nasaf TV» (Qarshi), «Ishonch TV» (Termiz), «Ellikqal’a TV» (Qoraqalpog‘iston).

    Bu holat viloyatlardagi muxlislar uchun Evro-2016 bahslarini nafaqat sun’iy yo‘ldosh orqali yoki IPTV xizmatidan foydalangan holda, balki mahalliy telekanallar orqali ham tomosha qilish imkoniyatini taqdim qiladi.

    O‘zaro kelishuvga ko‘ra hududiy telekanallar har kuni soat 23:45da boshlanadigan o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri retranslyasiya qiladi. Soat 20:45da boshlanadigan uchrashuvlar esa tungi soat 01:45da yozib olingan holda namoyish qilinadi.

    UzReport TV telekanali Evro-2016 turniridan 58ta o‘yinni translyasiya qilish huquqini sotib olgan. Bunda 45 ta o‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyada, guruh o‘yinlarining bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tadigan 6ta uchrashuvi yozib olingan holda, guruh bosqichidan keyingi 7ta o‘yini (chorak finallar, yarim finallar va final) qo‘shimcha takrorlari bilan ko‘rsatiladi.

    Ayni paytda telekanalni O‘zbekiston kabel televideniesi (O‘KT), “UzDigital TV”, “Stars TV”, “IPTV”, “Vodiy Sadosi Yoshlar teleradiokompaniyasi” (YoTRK) abonentlari hamda www.mediabay.tv internet-resursi foydalanuvchilari ko‘rishlari mumkin.

    2015 yilning 1 dekabridan boshlab telekanal sun’iy yo‘ldosh orqali namoyish qilina boshlandi va uni sun’iy yo‘ldosh antennalari egalari ham O‘zbekiston hududida, ham Evroosiyoning boshqa mamlakatlari hududida ko‘rishlari mumkin.

    UzReport TV telekanali signalini qabul qilish uchun texnik ko‘rsatkichlar

    Sun’iy yo‘ldosh — «Yamal 401», Ku diapazonining 90 daraja shimoliy nuri;
    Qabul chastotasi — 11,505705 GGs;
    Simvol tezligi — SR = 2280 ksps;
    Modulyasiya — DVB-S QPSK 1/2;
    Qabul polyarizasiyasi — vertikal;
    Ajrata olish o‘lchami — standart (720 x 576i);
    Kompressiya — MPEG-4;
    Tavsiya qilingan antenna diametri — 100 santimetrdan ortiq.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Evro-2016 o‘yinlarini UzReport TV orqali O‘zbekistondagi barcha hududlarda kuzatish imkoni paydo bo‘ldi