Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joylariga yo‘lni ko‘rsatuvchi ko‘zgular o‘rnatildi(Foto)

  • 27 avgust 2016, 15:21
  • 5 246
  • O‘zbekiston
  • Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joylariga yo‘lni ko‘rsatuvchi ko‘zgular o‘rnatildi(Foto)

    Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joylariga yo‘lni ko‘rsatuvchi ko‘zgular o‘rnatildi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida fotoxabar qoldirilgan, deb yozadi “Darakchi” nashri .

    Foydalanuvchilardan birining qayd etishicha, bu ko‘zgular ham haydovchilar, ham yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar uchun mo‘ljallangan. Gap shundaki, so‘nggi vaqtlarda katta ko‘chalarning o‘rtasiga o‘rnatilayotgan ajratuvchi to‘siqlar ba’zi hollarda piyodaga yaqinlashib kelayotgan avtomobilni, haydovchiga esa yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rish imkonini bermaydi.

    Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyiga o‘rnatilgan ko‘zgu esa aynan shu kamchilikni bartaraf etishga yordam beradi — ko‘zgu vaziyatni «panorama» rejimida ko‘rsata olgani sabab, piyodaning ham, haydovchining ham xavfsizligi bir qadar oshadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joylariga yo‘lni ko‘rsatuvchi ko‘zgular o‘rnatildi(Foto)