18 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimi “Toshkent shahrida 2016-2017 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 938-sonli qarorga imzo chekdi.
Ushbu qarorga ko‘ra, yurtimizga sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan aholiga qulayliklar yaratish, ijtimoiy soha ob’ektlarida xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlashga o‘tiladi.
“Toshkent issiqlik elektrmarkazi” AJ, “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshissiqquvvati” IChB UKga markazlashgan issiqlik tizimining barcha qismlarini tekshirish imkoniyatini ta’minlash uchun 18 oktyabrdan Toshkent shahar issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakatini ishga tushirish vazifasi topshirildi.
Qarorda issiqlik ta’minoti, ijtimoiy soha ob’ektlari rahbarlariga tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, ta’lim muassasalari, kasalxona va poliklinikalarni 2016 yil 19 oktyabrdan, aholi turar-joy binolarini esa 20 oktyabrdan muntazam isitishga kirishishni tashkil etish topshirilgan.
Shuningdek, “Toshkent issiqlik elektrmarkazi” AJ, “Toshkent issiqlik markazi” va “Toshissiqquvvati” IChB UKga poytaxtda 2016-2017 yilgi isitish mavsumi davrida uzluksiz tabiiy gaz, suv ta’minoti va elektr energiyasini etkazib berish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasiga ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashi uchun mutasaddi xodimlar va aholi tomonidan qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi