Soliq va kredit qarzlarini undirish tizimida yangi imkoniyatlar yaratildi

Soliq va kredit qarzlarini undirish tizimida yangi imkoniyatlar yaratildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonda soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirishda mol-mulkni xatlash, ko'zdan kechirish va sotish jarayonlari soddalashtirilib, raqamli formatga o'tkazildi.
  • Endilikda aktivlar ijro hujjatlari asosida davlat ijrochisi qarori bilan elektron onlayn auksionlarda realizatsiya qilinishi mumkin.
  • Savdolar, garov hujjatlari hamda xatlov va ko'zdan kechirish dalolatnomalari elektron platformalar orqali yuborilib, jarayonning shaffofligi va tezkorligi oshiriladi.

O‘zbekistonda soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirish jarayonida yangi, zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda. Prezident farmoniga ko‘ra, qarzdor mol-mulkini xatlash, ko‘zdan kechirish va sotish jarayonlari soddalashtirildi hamda raqamli formatga o‘tkazildi. Bu esa ijro hujjatlari asosida aktivlarni onlayn tarzda realizatsiya qilish imkonini yaratadi.

Yangi tartibga muvofiq, soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirishda ijro hujjatlari asosida mol-mulkni undiruvchi tomoni rasmiylashtirgan protsessual hujjatlar orqali davlat ijrochisi qarori bilan elektron onlayn auksionlarda sotishi mumkin. Bu jarayon har tomonlama shaffoflik va tezkorlikni taʼminlaydi.

Yuridik shaxslarga taalluqli mol-mulklar ham yangi tartibda xatlanadi va ko‘zdan kechiriladi. Soliq organi ijro hujjatlari bo‘yicha ishlar mansabdor shaxs tomonidan bajariladi, garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni ijro qilishga doir hujjatlar bo‘yicha esa davlat ijrochisi topshirig‘i asosida tijorat bankining vakolatli shaxsi ishtirok etadi.

Yangi tizimdagi yana bir muhim yangilik — ijro hujjatlari bo‘yicha savdolar va garov hujjatlari, xatlov va ko‘zdan kechirish dalolatnomalari elektron platformalar orqali yuboriladi. Bu qadam soliq organi va tijorat banklari uchun nazoratni osonlashtiradi hamda mol-mulk realizatsiyasini tezlashtiradi.

Shuningdek, soliq organi yoki tijorat bankining vakolatli shaxsi tomonidan tuzilgan xatlash va ko‘zdan kechirish dalolatnomalari asosida sotilgan yoki auksionga taklif etilgan aktivlar bilan bog‘liq xatarlar rasmiylashtiruvchi idoralar masʼuliyatida qoladi. Bu esa huquqiy xavfsizlikni va moliyaviy shaffoflikni taʼminlaydi.

Yaʼni, yangi tartiblar orqali O‘zbekistonda soliq va kredit qarzlari undirilishi zamonaviy, raqamli va samarali tizimga aylandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar