Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev O‘zbekistonga tashrifi davomida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi. U Samarqand shahriga bugun kelmoqda, deb xabar beradi "Kun.uz" nashri qirg‘iz davlat rahbari ma’muriyati vakiliga asosan.
“Almazbek Atambaevning O‘zbekistonga 24 dekabr kuniga mo‘ljallangan ishchi tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Unda davlat rahbarlari bir qator ikki tomonlama masalalarni muhokama etishadi”, - deya aytib o‘tdi agentlik suhbatdoshi.
Qirg‘iziston rahbari devonining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Sapar Isoqovning ma’lum qilishicha, Atambaev Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sifatida qabul qilinadigan birinchi xorij davlat etakchisi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Muhammadqalim Abulg‘oziev boshchiligidagi hukumat delegasiyasi O‘zbekistonning Andijon shahriga kelgandi. Keyinroq esa O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi delegasiya ham ushbu davlatga tashrif buyurdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi