O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Firma nomlarini zaxiraga qo‘yishning elektron tizimi” joriy etilgan davrdan boshlab 406 mingdan ortiq firma nomi zaxiraga olingan. Ular “Firma nomi to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelishi, ma’lumotlar bazasida mavjud nomlarga o‘xshash yoki adashtirish darajasida o‘xshash emasligi sababli zaxira ro‘yxatiga kiritilgan.
2016 yilda esa zaxiraga olingan firma nomlari 127 mingdan ortiqni tashkil etgan.
Internet tarmog‘i orqali firma nomlarini zaxiralash tizimi 2011 yil 1 fevralidan joriy qilingan. Yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz saytiga kirib, firma nomini ko‘rib chiqish uchun elektron ko‘rinishda ariza qoldirishlari mumkin.
Elektron arizalar asosida taqdim etilgan firma nomlari xususidagi ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasi bazasidan bevosita davlatning boshqa ro‘yxatga oluvchi organlariga internet orqali uzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi