23:01 / 15.01.2017
7 739

"O‘zneftmahsulot" milliy xolding kompaniyasi raisi ishdan chetlatildi

"O‘zneftmahsulot" milliy xolding kompaniyasi raisi ishdan chetlatildi

Ma’lumki, 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi.

2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar, tashabbussizlik uchun ayrim rahbarlar ularni bartaraf etish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarni yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini ta’minlashda shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirildilar.

Majlisda "O‘zneftmahsulot” milliy xolding kompaniyasi raisi Baxtiyor Sultonov qoniqarsiz faoliyati tufayli o‘z vazifasidan chetlatilishi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » "O‘zneftmahsulot" milliy xolding kompaniyasi raisi ishdan chetlatildi