11:09 / 11.02.2017
7 470

O‘zbekiston mart oyida ikkita Talgo tezyurar poezdini xarid qilishi kutilmoqda

O‘zbekiston mart oyida ikkita Talgo tezyurar poezdini xarid qilishi kutilmoqda

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Ispaniyaning Patentas Talgo kompaniyasi ishlab chiqargan yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlardan ikkitasini xarid qiladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Talgo 250 rusumidagi yo‘lovchi elektropoezdlarining xaridi 2017 yil mart oyida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab Patentes Talgo tomonidan Talgo 250 negizida maxsus ishlab chiqilgan 2 ta «Afrosiyob» poezdlari qatnamoqda.

Poezdlar 2011 yil oktyabridan Toshkent va Samarqand oralig‘ida harakatlangan bo‘lsa, 2015 yil sentyabridan Qarshi shahrigacha, 2016 yil sentyabridan esa Buxorogacha qatnay boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston mart oyida ikkita Talgo tezyurar poezdini xarid qilishi kutilmoqda