
Joriy yilning 1 iyunidan O‘zbekistonda «Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti» dasturi ijrosiga kirishildi.
Bu orqali tibbiyot muassasalarida harakatlanish uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi uchun qulay ro‘yxatxona va kutish zallarini tashkil etish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha kerakli choralar ko‘rish kabi qator maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Ushbu dastur ijrosini sifatli ta’minlash, joylardagi mahalliy mutasaddilarning bu jarayonlarga asosiy mas’ul sifatida javobgarlikni qanchalik his etayotganini kuzatib borish, loyiha uchun ajratilayotgan mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, bu borada turli korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun jamoatchilik nazorati juda muhim.
Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi barchani bu borada hamkorlikka chaqiradi.
Hududlarda «Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti» dasturi doirasida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelinganda, vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasining (71) 241-10-65 yoki respublika bo‘yicha yagona 1203 raqamli «Ishonch telefoni» hamda ssvantikor_bot telegram botiga murojaat qilish mumkin.
Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
«Unutmang! Sog‘liqni saqlash vazirligi har qanday korrupsiyaviy holatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va fuqarolarning hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmaydi», deyiladi e’londa. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar