date

O‘zbekiston va Ozarboyjon ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi

O‘zbekiston va Ozarboyjon ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi
Boku shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildi.

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

- Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025-2029 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;

- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

- Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

- 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;

- 2030 yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;

- 2025-2027 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;

- 2025-2027 yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

- Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Ozarboyjon ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi