
O‘zbekistonda “Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Keltirilishicha, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
2025 yil 1 sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari universitetga biriktiriladi va universitet:
- har oyda 1 marotaba 7–9-sinf o‘quvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida o‘qitadi;
- o‘quvchilarning universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishini ta’minlaydi.
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi. Shu maqsadda “Aloqabank” va “Milliy” bankka 300 million dollar ajratildi. Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.
Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi “Milliy” bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishga tushiradi. Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar